Braziliya prezidenti Mishel Temer "Shapekoense" futbolchilari mingan samolyot aviahalokatga uchragani munosabati bilan klubga hamdardlik bildirdi.
Klub Janubiy Amerika kubogi finalida "Atletiko Nasonal"ga qarshi birinchi o‘yinni o‘tkazish uchun Boliviya orqali Kolumbiyaning Medelin shahriga uchgandi.
Samolyot halokati oqibatida bortda bo‘lgan 81 kishidan 76 nafari halok bo‘lgani aytildi. Omon qolgan 5 kishidan biri, jamoa darvozaboni Danilu shifoxonada jon berdi.
Braziliya rahbari bu fojia qurboni bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga barcha zarur yordam ko‘rsatilishi haqida ma’lum qilgan.
Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilinib, davlat muassasalarida bayroqlar tushiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi