Shvesiyada yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadigan, muzdan ishlangan dunyodagi birinchi mehmonxona ochildi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Icehotel 365 deb nomlangan bu mehmonxona Turneelven daryosi yonida, Shimoliy qutb aylanasidan 200 km uzoqlikda joylashgan. Umumiy maydoni 195 kvadrat metr bo‘lgan mehmonxonada 21 ta xona, bar va suratlar galereyasi bor.
Muz mehmonxonani yaratish uchun Turneelvendan 30 ming litr suv kerak bo‘lgan. Uni yaratishda butun dunyodan haykaltaroshlar ishtirok etgan. Mehmonxona yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadi: u issiq kunlarda muzlatuvchi qurilmalar yordamida muzlatib turiladi.
Muz mehmonxona xonalari ichidagi harorat 5-8 gradus miqdorida ushlab turiladi. Mehmonlar sovqotib qolmasliklari uchun ularga issiq yotoq qoplari beriladi. Ushbu antiqa mehmonxonada qolish kuniga 2450 shved kroni turadi.
Bu muz mehmonxonasi 1989 yildayoq paydo bo‘lgan. Biroq 2016 yilgacha uni har qishda boshqatdan barpo etishga to‘g‘ri kelingan.
Rossiyada mart oyida Kamchatkada birinchi iglu-mehmonxona ochilgandi. "Tog‘li hudud" deb nomlangan majmua to‘liq qordan yasalgan bir nechta mehmonlar xonasidan iborat. Ta’kidlanishicha, bu mehmonxona 2 haftada 50 tashrif buyuruvchini qabul qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi