23:29 / 17.12.2016
6 417

Trampdan va’da: chet davlatlarni emas, o‘z davlatimizni qaytadan quramiz

Trampdan va’da: chet davlatlarni emas, o‘z davlatimizni qaytadan quramiz

Donald Tramp berayotgan va’daga ko‘ra, uning ma’muriyati hukumat tepasiga kelishi bilan, AQSh tashqi siyosatda yangi yo‘nalish oladi. Bu haqda Sputnik sayti xabar berdi.

"Bizning tashqi siyosatimiz yangicha yo‘nalishga muhtoj", — deb aytgan Tramp Orlandoda o‘z tarafdorlari qarshisida chiqish qilar ekan.

Tramp, shuningdek, "chet el davlatlarini qayta qurgandan ko‘ra, o‘z mamlakatimizni qayta quramiz", deya ta’kidlagan.

"Biz uzoq vaqtgacha bir mamlakatdan ikkinchisiga mas’uliyatsiz bostirib kirishlarni amalga oshirdik, u davlatlar haqida sizlarning ko‘pchiligingiz eshitmagansiz ham, bu aqlsizlik va bu barham topishi kerak! Tramp ma’muriyati eng avvalo AQSh milliy manfaatlari haqida qayg‘uradi", — deya ta’kidlagan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Tramp 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda AQSh prezidenti etib saylangan edi. U 20 yanvar kuni qasamyod qabul qilgach, o‘z prezidentlik vakolatlarini qabul qilib oladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampdan va’da: chet davlatlarni emas, o‘z davlatimizni qaytadan quramiz