19:10 / 18.12.2016
8 741

Dunyoning "eng kambag‘al, lekin eng sevimli" prezidenti (Fotojamlanma)

Dunyoning "eng kambag‘al, lekin eng sevimli" prezidenti (Fotojamlanma)

Suratda qishloqda yashovchi oddiy nafaqaxo‘r emas, Lotin Amerikasidagi iqtisodiy tomondan eng rivojlangan mamlakatlardan birining prezidenti o‘z uyidagi oshxonasida tasvirlangan. "Kun.uz" nashrida dunyoning eng sevimli prezidenti haqida ma’lumot berildi.

Xose Alberto Muxika Kordano – Urugvay prezidenti. Uning turmush tarzi dunyo etakchilarining hayot tarziga mutlaqo o‘xshamaydi. 78 yoshli El-Pepe (mahalliy aholi unga shunday nom bergan) prezidentlik maoshining deyarli barchasini xayriya ishlariga sarflaydi va bu uni dunyoning eng kambag‘al yoxud eng saxiy prezidentiga aylantiradi.

Urugvay prezidenti har oy 263 000 peso (9 229 AQSh dollari) ishlab topadi. U 26 300 pesoni o‘ziga qoldirib, qolganini xayriya ishlariga yo‘naltiradi.

Prezident shoxona uylardan voz kechib, qishloqdagi kichik uyda istiqomat qilib keladi. Davlat rahbari ko‘chadagi quduqdan suv oladi. U mamlakatning birinchi raqamli xonimi bilan o‘z tomorqasida gul etishtiradi.

Xose Muxika partizanlar harakati ishtirokchisi bo‘lgan, bir necha jarohatlar olgan, umrining 14 yilini harbiy qamoqxonalarda o‘tkazgan. Muxikoning prezidentlik davridagi eng yirik xaridi - 1987 yilda ishlab chiqarilgan, 1945 dollarli «Folksvagen Juk» avtomobili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning "eng kambag‘al, lekin eng sevimli" prezidenti (Fotojamlanma)