Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Suriyaga doir masalalarni gaplashib olish uchun Ostona tayyorligi xususida gapirib o‘tdi. Bu haqda u Rossiya prezidenti Putin hamda Turkiya prezidenti Redjep Tayip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng aytib o‘tgan deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.
“Rossiya va Turkiya prezidentlari bilan suhbatda eng dolzarb xalqaro va hududiy muammolar tilga olingan. Rossiya va Turkiya rahbarlari Suriyadagi tomonlarning muloqotlari Ostonada o‘tishiga xohish bildirishgan. Nursulton Nazarboyev ushbu fikrni qo‘llab, bunday muloqotlar uchun Qozog‘istonda hamma sharoitlar yaratilishini aytib o‘tgan”,-deyiladi xabarda. Nazarboyev Suriyadagi muammoning tinch yo‘l xal bo‘lishi tarafdori ekanligini bildirgan.
16 dekabrda Putin Erdog‘an bilan telefon orqali suhbatda Suriya muammosi ishtirokchilari yangi bir maydonda gaplashib olishlari taklifini bergan. “Masalan, bunday xudud Qozog‘istonning poytaxti Ostona bo‘lishi mumkin. Agar tomonlar rozi bo‘lishsa, biz prezident Nazarboyevga murojjat etib, bu jarayonni qo‘llashini iltimos qilardik»,-dedi Rossiya prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?