11:05 / 20.12.2016
6 712

Donald Tramp saylovning ikkinchi bosqichida ham etarli ovoz to‘play oldi

Donald Tramp saylovning ikkinchi bosqichida ham etarli ovoz to‘play oldi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida hay’at a’zolarining talab qilingan 270 ovozini to‘pladi. Shu bilan uning yakuniy g‘alabasi mustahkamlandi va qonuniy tusga kirdi, deb xabar qilmoqda "Kun.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, Saylovchilar hay’ati natijalari rasman 6 yanvarda AQSh Kongressining ikkala palatasi qo‘shma majlisida sertifikatlashtiriladi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington shtatidan 4 nafar saylovchi o‘zlarining dastlabki qarashini o‘zgartirishgan. Qayd etilishicha, bir nafardan ortiq saylovchining o‘z fikrini o‘zgartirishi bilan bog‘liq holat 1872 yildan beri ilk marotaba kuzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp saylovning ikkinchi bosqichida ham etarli ovoz to‘play oldi