14:04 / 25.12.2016
8 760

Qora dengiz hududidan Tu-154 yo‘lovchilaridan biri jasadi topildi

Qora dengiz hududidan Tu-154 yo‘lovchilaridan biri jasadi topildi

Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti yo‘lovchilaridan birining jasadi Qora dengiz hududida topildi. Bu haqda Kun.uz sayti manbalarga asoslanib xabar berdi.

"Sochi qirg‘oqlaridan 6 kilometr ichkarida Tu-154 samolyoti qulashi tufayli qurbon bo‘lgan yo‘lovchilarning biri jasadi topildi. Jasad qutqaruv kemasiga olib chiqilgan", — deya ma’lumot bergan Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari general-mayor Igor Konashenkov.

Adler aeroportidan uchib chiqqan samolyot bortida Rossiya havo-kosmik kuchlarining Suriyadagi Xmeymim aviabazasida xizmat o‘tayotgan aviaguruhni Yangi Yil bilan tabriklashga yo‘l olgan Aleksandrov nomli ansambl musiqachilari, harbiy xizmatchilar va 9 nafar jurnalist bor edi.

Samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lganidan bir muddat o‘tib Sochi qirg‘og‘idan 1,5 kilometr ichkarida, Qora dengizda 50–70 metr suv ostida samolyot korpusining bo‘laklari topildi.

Tergov qo‘mitasi vakili Svetlana Petrenkoning ma’lum qilishicha, samolyot bortida 83 yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat joyida qidiruv-qutqaruv operasiyasi o‘tkazilmoqda, unda mudofaa vazirligi favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qora dengiz hududidan Tu-154 yo‘lovchilaridan biri jasadi topildi