15:14 / 25.12.2016
7 904

Qora dengizga qulagan Tu-154 samolyoti 1983 yilda ishlab chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi

Qora dengizga qulagan Tu-154 samolyoti 1983 yilda ishlab chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi

Sochidan uchib chiqqach, Qora dengiz hududida qulab tushgan Tu-154 samolyoti 1983 yilda ishlab chiqarilgan samolyot edi. Bu haqda Kun.uz sayti manbalarga asoslanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu samolyot shu vaqtgacha 6689 soatni parvozda o‘tkazgan. Bort raqami RA-85572.

Tu-154 yo‘lovchi samolyoti Rossiyada eng ko‘p foydalaniladigan reaktiv samolyot hisoblanadi. Bunday samolyotlardan 1026ta ishlab chiqarilgan. Bunday samolyotlar ishtirokidagi halokatlar oqibatida 3000 kishi qurbon bo‘lgan.

2014 yilning dekabrida Tu-154 remont qilingan, 2016 yilning sentyabrida esa xizmat qilishga tavsiya etilgan.

Bundan oldingi xabarlarda Sochi yaqinida qulagan Tu-154 samolyoti tajribali uchuvchi Roman Volkov tomonidan boshqarilgani aytilgandi.

25 dekabr tongida Sochidan Suriyadagi Hmeymim aviabazasiga tomon parvoz qilgan Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti radarlardan yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq samolyot qoldiqlari Sochi qirg‘oqlaridan 1,5 km ichkarida topildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qora dengizga qulagan Tu-154 samolyoti 1983 yilda ishlab chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi