19:39 / 25.12.2016
6 632

Tu-154 halokatga uchrashida terakt versiyasi istisno qilinmoqda

Tu-154 halokatga uchrashida terakt versiyasi istisno qilinmoqda

Kuch tuzilmalaridagi manba Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Sochi yaqinida halokatga uchrashida terakt versiyasi deyarli istisno qilinadi, deb aytdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

"Samolyot harbiy maqsaddagi, yaxshi qo‘riqlanadigan ob’ekt hisoblanuvchi "Chkalovskiy" aerodromidan havoga ko‘tarilgan. U erga samolyotga portlovchi qurilma qo‘yish uchun yashirincha kirishning iloji yo‘q", deb aytdi manba.

Uning aytishicha, Sochi aeroporti ham kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanadi va u erga ham begona shaxslarning kirishi istisno qilinmoqda.

Shoshilinch xizmatlardagi manba samolyotning falokatga uchrashida uning qoldiqlarining katta hududga sochilib ketishiga izoh berib, bu samolyotning suv sirti bilan to‘qnashishida hosil bo‘lgan gidrozarba oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati samolyotning halokatga uchrashiga terakt sabab bo‘lishi mumkinligini tekshirayotgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tu-154 halokatga uchrashida terakt versiyasi istisno qilinmoqda