12:41 / 17.04.2015
9 230

Qozog‘istonda jingalak birqozonlar yoppasiga qirilib ketmoqda

Qozog‘istonda jingalak birqozonlar yoppasiga qirilib ketmoqda

Qozog‘istonning Atirau viloyatida jingalak birqozonlar yoppasiga qirilib ketayotgani qayd qilindi. Bu haqda qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati'ga asoslanib "Kun.uz" xabar bermoqda.

Qushlarni hisobga olish chog‘ida Qig‘ash daryosining deltasida 70ta qush murdasi topilgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi O‘rmon xo‘jaligi va hayvonot olami qo‘mitasi viloyat inspeksiyasi voqea joyiga ishchi guruh jo‘natilgan.

Jingalak birqozonlar Qozog‘iston qizil kitobiga kiritilgan noyob qushlar bo‘lib, Qozog‘iston hududida ularning 2 ming jufti mavjud. Dunyo bo‘yicha jingalak birqozonlarning adadi 12-16 ming atrofida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda jingalak birqozonlar yoppasiga qirilib ketmoqda