18:33 / 29.12.2016
6 426

Rossiyada barcha Tu-154 samolyotlari parvozi vaqtincha to‘xtatildi

Rossiyada barcha Tu-154 samolyotlari parvozi vaqtincha to‘xtatildi

Qora dengiz ustida yuz bergan halokat sabablari aniqlanguniga qadar barcha turdagi Tu-154 samolyotlarining parvozi vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti'ga asoslanib Sputnik agentligi.

"Komissiyaning dastlabki xulosalari chiqquniga qadar bu turdagi samolyotlarning parvozi vaqtinchalik to‘xtatildi", — dedi u.

O‘tgan juma kuni Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan Tu-154 samolyoti halokatga uchradi. Rossiyadan Suriyaga yo‘l olgan samolyot bortida 92 yo‘lovchi bo‘lib, ular orasida Aleksandrov nomli orkestr artistlari, 9 nafar jurnalist va 8 ekipaj a’zosi bor edi. Halokatda hech kim omon qolmagani ma’lum bo‘ldi. Qidiruv operasiyalari chog‘ida samolyotning qora qutilari dengiz tubidan tortib olinib, ulardagi yozuvlarni o‘rganish uchun Moskvaga jo‘natildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada barcha Tu-154 samolyotlari parvozi vaqtincha to‘xtatildi