Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda rossiyaliklar bilan muloqot chog‘ida tashqi siyosat borasidagi bir qator savollarga javob berdi.
Putinning fikricha, bugun AQSh sobiq SSSRning xatolarini takrorlamoqda. Bu haqda “RIA Novosti”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
“Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng biz ko‘pgina Sharqiy Evropa davlatlariga o‘z taraqqiyot modelimizni kuch bilan o‘tkazishga harakat qildik, buni tan olish kerak. Buning yaxshi tomoni yo‘q, buning natijasini bugun ko‘rmoqdamiz. Amerikaliklar bugun o‘zlarini xuddi shunday tutmoqda, ular o‘z taraqqiyot modelini butun dunyoga o‘tkazmoqchi. Lekin ularni muvaffaqiyatsizlik kutmoqda”, – dedi Putin.
“O‘zini dunyodagi yagona kuch markazi deb hisoblaydigan ayrim yirik davlatlarga ittifoqchilar emas, bo‘ysunuvchilar kerak, – davom etdi u. – Men AQShni nazarda tutmoqdaman. Rossiya bunday munosabatlar tizimida ishtirok etmaydi”.
Putin Rossiya o‘zaro hurmat asosida ham G‘arb, ham Sharq davlatlari bilan aloqalar o‘rnatish tarafdori ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, Rossiya etakchisi Evropa davlatlarining joriy qilgan sanksiyalari haqida fikr bildirdi.
“Sanksiyalar bilan bizga zarar etkazmoqchi bo‘lishyapti, lekin bu etarli darajada samara bergani yo‘q. Bunday yo‘llar bilan Rossiyaga bosim o‘tkazishga harakat qilishdan foyda yo‘q, hamkorlarimiz buni tushunadi deb o‘ylayman”.
“Biz labimizni cho‘chchaytirib, kimlardandir xafa bo‘lishimiz, o‘z qobig‘imizga o‘ralib qolishimiz kerak emas. Biz har doim hamkorlikka tayyormiz”, – deb ta’kidladi Rossiya rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?