2 yanvar, dushanba kuni Amerikaning Alabama shtati Rexobet shahrida kuchli tornado o‘tishi natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Daryo».
ABC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning jasadlari ofat bo‘lib o‘tgan hududdagi inshootlardan birida aniqlangan. Boshqa ko‘plab uylar va imoratlar ham zarar ko‘rgan.
Hukumat ma’lum qilishicha, tumanda kuchli jala oqibatida suv toshqini ham kuzatilgan.
Kuchli shamol va yomg‘ir so‘nggi bir necha kun davomida AQShning ba’zi janubiy hududlariga yopirildi. Luizianada noqulay ob-havo tufayli 100 mingga yaqin kishi chiroqsiz qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi