16:26 / 08.01.2017
6 275

Rim papasi zirhli papamobildan voz kechdi

Rim papasi zirhli papamobildan voz kechdi

Rim papasi Fransisk o‘z vazifadoshlaridan farqli o‘laroq, chet elga safarlari chog‘ida zirhli avtomobilda harakatlanmoqchi emasligini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri. Bu haqda pontifik italiyalik jurnalist va Vatikan bo‘yicha mutaxassis Andrea Torniellining «Sayohat» kitobiga yozgan so‘zboshida aytib o‘tdi.

Ruhoniyning aniqlik kiritishicha, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarga qaramay, u odamlarga yaqin bo‘lishni istaydi. «Balki bu tentaklikdir, biroq shuni aytishim kerakki, men o‘zim uchun hech ham xavotirlanmayman. Ammo men bilan birga sayohat qiladigan va men turli mamlakatlarda uchratadigan odamlar haqida tashvishlanaman», — deya qayd etdi Rim papasi.

U, shuningdek, kuchaytirilgan xavfsizlik choralari zarur ekanligini tushunishini, biroq «episkop — bu ruhoniy, ota ekanligi hamda u va odamlar o‘rtasida hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerakligi»ni qo‘shimcha qildi.

Reuters ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yil ichida Italiya polisiyasi Evropada teraktlar ko‘paygani tufayli Vatikan hududida xavfsizlik choralarini ancha kuchaytirdi. Shunga qaramay, Fransisk Rim bo‘ylab hamon Ford Focus’da harakatlanib, soqchilari ko‘zga tashlanmasligini talab qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim papasi zirhli papamobildan voz kechdi