AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp internet tarmog‘idagi eng yirik savdo maydoni Alibaba rahbari Jek Ma bilan uchrashdi. Unda Xitoy kompaniyasining Amerika bozoridagi ulushini kengaytirish va mamlakatda qo‘shimcha 1 million ish o‘rinlarini yaratish haqida so‘z bordi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti.
Jek Ma Alibaba’ni kengaytirishda kiyim-kechak, may va mevalar kabi mahsulotlarga katta e’tibor qaratilishini ta’kidlab o‘tdi. Bunda asosan Qo‘shma Shtatlar o‘rta g‘arbi va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasida savdo qilishga katta o‘rin beriladi.
«Biz asosiy e’tiborni kichik biznesga qaratmoqchimiz, shuning uchun 1 millionta kichik korxonani qo‘llab-quvvatlash haqida gaplashdik. Biz Amerika kichik biznesini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Buning uchun savdo platformasi (Alibaba — tah.) Osiyo, xususan Xitoyga o‘z qishloq xo‘jalik mahsulotini sotishda ishlatilishi mumkin», - ma’lum qildi Ma.
Aniqlik kiritilishicha, Alibaba amerikalik fermerlar uchun ish o‘rinlarini besh yil davomida yaratishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi