12:43 / 11.01.2017
10 353

Peterburgda metro tagida vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaro qasddan rels ustiga itarib yuborilgan

Peterburgda metro tagida vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaro qasddan rels ustiga itarib yuborilgan

10 yanvar kuni Sankt-Peterburgdagi metropolitenning olovrang yo‘nalishidagi relsiga o‘zbekistonlik 22 yoshli fuqaro tushib ketib, vafot etgani xaqida xabar beriilgan edi.

Ushbu xabar tarqalgan vaqtda o‘zbekistonlik fuqaroning qay tarzda metro relsiga tushib ketgani haqida, hatto, metropoliten xodimlari ham jo‘yali ma’lumot ayta olishmagandi.

Oradan bir necha soat o‘tib, o‘zbekistonlik 22 yoshli fuqaro Peterburgdagi “Ploщad Aleksandra Nevskogo” metro bekati relsiga atayin itarib yuborilgani ayon bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar qilgan.

Ayni vaqtda metro bekatida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum metro bekatida tanishi bilan janjallashib qolgan. Shundan so‘ng, hamroxi uni jahl ustida rels ustiga itarib yuborgan va uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Qasddan qotillik sodir etilgan shaxs ushlangan. Uning shaxsi aniqlangan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni tongda metropolitenning “ Ploщad Aleksandra Nevskogo” bekatida poezd yo‘li chetida turgan fuqaro noma’lum sabablarga ko‘ra relsga tushib ketgan. Shundan so‘ng, metro vagoni yo‘lovchini bosib ketgan. Fuqaro shifokorlar tomonidan rels ustidan chiqarib olingan vaqtda tirik bo‘lgan. Biroq ko‘p o‘tmay olingan jarohatlarning og‘irligi tufayli jon bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburgda metro tagida vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaro qasddan rels ustiga itarib yuborilgan