AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishganidan so‘ng, uning qizi Ivanka vaqtincha Trump Organization va liboslar hamda aksessuarlar ishlab chiqaruvchi o‘z kompaniyasini tark etadi.
11 yanvarda ma’lum qilinganidek, Ivankaning turmush o‘rtog‘i, Trampning kuyovi Jared Kushner AQSh saylangan prezidentining Oq uydagi katta maslahatchisi bo‘ladi. Ammo, Ivankaning o‘zi Oq uyda ishlamaydi.
"Otam Amerika Qo‘shma Shtatlarining 45-prezidenti lavozimini egallaganidan so‘ng, men Trump Organization va o‘z nomimdagi liboslar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyadan vaqtincha dam olaman. Men ikkala kompaniya boshqaruvi va ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmayman", — deb yozgan Ivanka Facebook sahifasida.
Donald Tramp esa, uning biznesi ikki o‘g‘li Donald kichik va Erik boshqaruviga o‘tishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘illari kompaniyani "malakali" boshqarishadi va u bilan hech narsani muhokama qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?