13:25 / 23.05.2015
11 145

Forbes Rossiyaning eng boy odamlari reytingida Alisher Usmonovni to‘rtinchi o‘ringa qo‘ydi

Forbes Rossiyaning eng boy odamlari reytingida Alisher Usmonovni to‘rtinchi o‘ringa qo‘ydi

Forbes jurnali tomonidan e’lon qilingan Rossiyaning eng boy shaxslari reytingida «Alfa Grupp» egalaridan biri Mixail Fridman 15,8 milliard dollar bilan birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

15,1 milliard dollarga ega «Interros» prezidenti Vladimir Potanin ikkinchi o‘ringa tushgan bo‘lsa, «NOVATEK» rahbari Leonid Mixelson 14,7 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Bir necha yil ushbu reytingni boshqargan asli o‘zbekistonlik Alisher Usmonov 14,6 milliard dollar bilan to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi. Mart oyidagi reytingda Potanin birinchi, Fridman ikkinchi o‘rinda ko‘rsatilgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes Rossiyaning eng boy odamlari reytingida Alisher Usmonovni to‘rtinchi o‘ringa qo‘ydi