Rossiyaning turli hududlarida katta o‘lchamdagi jarliklar paydo bo‘lmoqda. Sirli kraterlar Perm o‘lkasi va Sibirda paydo bo‘ldi. Mahalliy aholi ular yashaydigan aholi punktlari er ostiga o‘pirilib ketishidan xavotirlanishmoqda. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday karst chuqurlar paydo bo‘lishi uchun uch omil: tuproqdagi yoriq, ko‘chib yuruvchi qum va erosti suvlari ustma-ust tushishi kerak, deb yozmoqda Kun.uz.
Karst chuqurliklari – diametri bir necha metrdan o‘nlab mertlargacha keladigan, voronkasimon chuqurlik. U yuqoriga tomon kengayib boradi.
Odamlar uyidan chiqib, hovlisining bir qismi 10 metrlik chuqurga tushib ketganini ko‘rmoqda. Shunday holat Rossiyaning g‘arbida joylashgan kichik bir shaharchada ro‘y berdi. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bu holat muhokama qilindi, biroq na hukumat, na ekspertlar bu chuqurlikni nima qilishni bilmay boshlari tang ahvolda qoldi.
Bu orada sirli kraterlar Perm o‘lkasining boshqa joylarida ham birin-ketin hosil bo‘lmoqda. Aholi o‘zlari yashaydigan erlar o‘pirilib ketishidan xavotirlanmoqdalar. Ba’zilar ehtiyot chora sifatida o‘z uylarini tark etmoqchi.
Yana bitta katta chuqurlik Sibirda paydo bo‘ldi. Yamal yarimorolida paydo bo‘lgan bu chuqurlikning diametri deyarli 80 metrni tashkil qiladi, chuqurligi esa hali aniqlanmagan.
Ushbu chuqur paydo bo‘lgan joy yaqinida Rossiyadagi eng yirik gaz koni joylashgan. Olimlar chuqurlik shu tufayli paydo bo‘lgan bo‘lishini taxmin qilmoqdalar.
“Karst chuqurligi paydo bo‘lishi uchun uch shart bajarilishi kerak. Birinchidan, er qatlamida yoriq yoki tuproqning pastki qatlamida bo‘shliq bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, harakatlanuvchi qum yoki mo‘rt tuproq bo‘lishi kerak. Uchinchidan, chuqurlikning hosil bo‘lishiga olib keluvchi qumlarni yuvib yuboruvchi erosti suvlari bo‘lishi kerak. Qumlar surilganda ko‘tarish kuchi kamayadi. Buning natijasida tayanch ham yo‘qoladi va er tortish kuchi oqibatida tuproq o‘piriladi”, deb tushuntirishmoqda olimlar.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi