10:51 / 18.02.2015
6 739

Qozog‘istonda shifokorlarga hujjatlarni qog‘ozda rasmiylashtirish man qilinadi

Qozog‘istonda shifokorlarga hujjatlarni qog‘ozda rasmiylashtirish man qilinadi

2015 yilning 1 aprelidan Qozog‘iston tibbiyot muassasalarida hujjatlarni qog‘ozlarda rasmiylashtirish man qilinadi. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri Tamara Duysenovaga asoslanib, Tengrinews.kz portali xabar berdi.

“Apreldan kompyuterlarga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalarida bemorning ambulator kartasidan tashqari, barcha hujjatlarni qog‘ozda yozish taqiqlanadi”, deb aytdi Duysenova vazirlik kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida.

“Har ikkita xatdan birida bemorlar shifokor yoniga borganlarida, shifokorlar ularga e’tibor bermay hujjatlarni to‘lg‘azib o‘tirganlari haqida shikoyat tushmoqda. Shuning uchun, 1 apreldan har bir shifokorni kompyuter bilan ta’minlasak, barcha shifokorlar, agar ta’minlay olmasak, unda ish o‘rnida kompyuterga ega bo‘lgan shifokorlar hujjatlarni qog‘ozda rasmiylashtirishmaydi”, deb qo‘shimcha qildi vazir.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev davlat muassasalarida qog‘ozga yozishni bartaraf etishga buyruq bergan edi. “Men ta’lim, sog‘liqni saqlash vazirliklarida qancha qog‘oz sarflanishini aytgan edim. Bu barcha qog‘ozlar kerakmas bo‘lsa, ularni yo‘qotinglar”, degan Nursulton Nazarboyev.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda shifokorlarga hujjatlarni qog‘ozda rasmiylashtirish man qilinadi