14:59 / 18.02.2015
12 630

AQShlik beva ayolga marhum eridan guldasta keldi

AQShlik beva ayolga marhum eridan guldasta keldi

AQShning Vayoming shtatida yashovchi ayolga sakkiz oy avval vafot etgan eridan guldasta keldi, deya xabar bermoqda «Vesti.ru».

52 yoshli beva ayolning uyiga bir savat gul bilan birga qisqa matnli maktub ham kelgan. Unda erkak rafiqasini Valentin kuni bilan tabriklab, hayotda kuchli bo‘lishini tilagan.

Ayol erining operasiya qilib bo‘lmaydigan miya shishi oqibatida vafot etganini aytdi. Marhum eridan sovg‘a kelgach, ayol gangib qolgan. Biroq hushini yig‘ib olgach, gulni etkazgan xizmatga qo‘ng‘iroq qilgan va eri uni o‘limidan biroz vaqt avval buyurtma qilib qo‘yganini aniqlagan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShlik beva ayolga marhum eridan guldasta keldi