15:55 / 18.02.2015
12 599

Isroilda mamlakat tarixidagi eng katta xazina topildi

Isroilda mamlakat tarixidagi eng katta xazina topildi

Isroillik g‘avvoslar qadimiy Keysariya shahridagi bandargohda O‘rtaer dengizi tubiga sho‘ng‘ib, mamlakat tarixidagi eng katta xazina — ikki mingta oltin tangani topdi, deya xabar bermoqda The Guardian.

Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, xazinaning umumiy og‘irligi to‘qqiz kilogrammga teng. Tangalar IX—XI asrlarga tegishli. Ularni Misrning Fotimiylar sulolasi zarb qilgan, Isroil bir paytlar ushbu davlat hududiga kirgan.

Mutaxassislar ushbu xazina dengizga g‘arq bo‘lgan kema bortida bo‘lganligini taxmin qilmoqda. Kemani topish ilinjida ular dengiz tubini tadqiq qilishni davom ettirmoqchi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroilda mamlakat tarixidagi eng katta xazina topildi