11:42 / 19.02.2015
7 720

AQShning Portlend shahrida suv quvurlari ichida elektr energiyasi ishlab chiqariladi

AQShning Portlend shahrida suv quvurlari ichida elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Yirik shaharlardagi quvurlarda oqayotgan suv elektr energiyasi manbaiga aylanishga qodir. Ushbu g‘oyadan foydalangan holda AQShning Oregon shtati Portlend shahri hukumati LucidPipe Power System loyihasini amalga oshirmoqda, deb yozadi Gizmag.

Shahar ma’muriyati tomonidan yollangan Lucid Energy firmasi oddiy quvurlarni diametri 107 santimetrga teng, to‘rtta turbina bilan jihozlangan quvurlarga almashtirmoqda. Turbinalar quvurning tashqi tomonidagi generatorga ulangan.

Ushbu tizim mart oyidayoq to‘liq ishga tushib, yiliga 1100 megavatt/soat energiya ishlab chiqarishi kutilmoqda, bu taxminan 150 ta uy xo‘jaligini isitish uchun etarlidir.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning Portlend shahrida suv quvurlari ichida elektr energiyasi ishlab chiqariladi