Kia O‘zbekistonda yangi Sportage avtomobilini sotishni boshlaydi

Kia O‘zbekistonda yangi Sportage avtomobilini sotishni boshlaydi
Foto: Kia
Avvalroq Kia Sportage beshinchi avlod modeli Janubiy Koreya bozorida ajiotajni keltirib chiqargani haqida xabar berilgan edi.

Yaqinda kompaniya ushbu modelni boshqa mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham sotishni boshlaydi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Sportage O‘zbekistondagi sakkizinchi Kia modeli bo‘ladi — hozir kompaniya bu yerda K5, Seltos, Sorento, Stinger, Soul, Carnival, K8 avtomobillarini sotadi. Eng arzoni (Soul) 268 million so‘m, eng qimmati esa (Stinger) 770 million so‘m turadi.

Beshinchi avlod Sportage’ning O‘zbekistonda narxlari hozircha ma’lum emas. Boshqa mamlakatlarda avtomobil 25 000 dollardan sotiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.