BYD kompaniyasi Ferrari'ga raqobatchi bo‘ladigan yangi avtomobilini taqdim etdi

BYD kompaniyasi Ferrari'ga raqobatchi bo‘ladigan yangi avtomobilini taqdim etdi
Foto: Naked sience
Xitoyning BYD Auto korxonasi Yangwang U9 nomli yangi elektromobil superkarini namoyish etdi. U Ferrari va Lamborghini bilan raqobatchi bo‘ladi. Bu haqda \"Korrespondent.net\" nashri xabar bermoqda.

Mashina 0 dan 100 km/soat tezlikka 2,36 soniyada chiqa oladi. Superkarning maksimal tezligi 309,19 km/soatni tashkil etadi. Yangwang U9 premium avtomobilining hozirda faqat bitta modeli mavjud, uning narxi 1,1 million yuan (233,5 ming dollar). Yanvar oyining oxirida kompaniya 3653 dona mashina yetkazib bergan.
BYD kompaniyasi Ferrari'ga raqobatchi bo‘ladigan yangi avtomobilini taqdim etdi
Foto: Naked sience
BYD kompaniyasi Ferrari'ga raqobatchi bo‘ladigan yangi avtomobilini taqdim etdi
Foto: Naked sience
BYD 2023 yilning so‘nggi choragida Tesla\'ni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik elektr avtomobil sotuvchisiga aylandi. Kompaniya arzon elektr transport vositalarini ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lsa-da, u o‘zining premium modellari — Yangwang va Fang Cheng Bao mashinalari bilan ham dunyo bozorlarini zabt etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.