Oq rangli mashinalar eng xaridorgir mashinalar sifatida qayd etildi

Oq rangli mashinalar eng xaridorgir mashinalar sifatida qayd etildi
Oq rangli mashinalar eng xaridorgir mashinalar sifatida qayd etildi

Avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarga lak-bo‘yoq mahsulotlari etkazib beruvchi dunyodagi eng yirik kompaniya PPG Industies har yili o‘tkaziladigan kuzov ranglari ommaviyligini o‘rganuvchi navbatdagi tadqiqotining natijalarini e’lon qildi. Etakchilik hamon oq rangga tegishli, xaridorlarning ko‘pchiligi oq rangdagi mashinalarni tanlashadi, Bu haqda «carclub.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Dunyo bo‘yicha 28 foiz xaridor avtomobil sotib olishda rangining oq ekanligini muhim deb biladi. 2-o‘rinni qora (18 foiz) va 3g‘o‘rinni kulrang (13 foiz) egallagan. Shuningdek, beshtalikka jigarrang (10 foiz) va qizil rang (8 foiz) ham kirgan.

Qiziqarli tomoni, oq rang avtomobilning sinfidan qat’i nazar, birinchi o‘rinda qolmoqda. Shuningdek, qayd etish kerakki, o‘rtacha o‘lchamdagi mashinalar segmentida kulrang, sportkar va krossoverlar segmentida esa qora rang oq rang bilan bir xil foiz yiqqan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.