O‘zbekistonda elektromobillarga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortib bormoqda

O‘zbekistonda elektromobillarga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortib bormoqda

O‘zbekistonda elektromobillarga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortib bormoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil aprel oyida respublika bo‘yicha 8,1 mingta elektromobil sotilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb ikki barobar yuqori. Tahlilchilar elektromobillar segmenti yengil avtomobillar bozorida eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlardan biriga aylanganini ta’kidlamoqda.

Eng yuqori savdo hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda 5,56 mingdan ortiq elektromobil sotilib, bu mamlakatdagi umumiy bozorning qariyb 70 foizini tashkil qilgan.

Hududlar kesimida Toshkent viloyatida 573 ta, Farg‘ona viloyatida esa 464 ta elektromobil sotilgan. Yillik hisobda deyarli barcha viloyatlarda o‘sish kuzatilgan, faqat Samarqand viloyatida savdo faolligi 34 foizga pasaygan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.