Audi A4 egasi vites dastasiga aqlli soat oʻrnatib, uni media-kontrollerga aylantirdi

Audi A4 egasi vites dastasiga aqlli soat oʻrnatib, uni media-kontrollerga aylantirdi

Reddit forumining Desmontei nikli foydalanuvchisi oʻzining 2001-yilda ishlab chiqarilgan Audi A4 (B5) sedanini noodatiy tarzda modernizatsiya qildi. U avtomobilning vites almashtirish dastasiga TicWatch Pro 3 aqlli soatini integratsiya qilib, intererga texnologik yangilik olib kirdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun muallif 3D-printer yordamida maxsus korpus chop etdi. Soatning original korpusi olib tashlanib, uning OLED-ekrani va ona platasi yangi dasta ichiga joylashtirildi. Qurilma quvvatni toʻgʻridan-toʻgʻri avtomobilning 12 voltli bort tarmogʻidan oladi.

Dasturiy taʼminot qismi uchun WearOS operatsion tizimiga moslangan maxsus ilova ishlab chiqildi. Joriy uzatma (vites) holati soat ichidagi akselerometr va giroskop datchiklari yordamida, dasta qiyaligiga qarab aniqlanadi. Yoʻldagi baland-pastliklar xatolik bermasligi uchun tizimga dinamik kalibrlash algoritmi joriy etilgan.

Aqlli dasta nafaqat vitesni koʻrsatadi, balki Spotify ilovasi uchun media-kontroller vazifasini ham bajaradi. Haydovchi ekrandagi svayplar orqali musiqalarni almashtirishi yoki toʻxtatishi mumkin. Bu esa haydash vaqtida chalgʻimasdan audio tizimni boshqarish imkonini beradi.

Loyiha muallifi kelajakda korpusni yanada chidamli ABS yoki PETG plastiklaridan tayyorlashni va OBD2 skaneri orqali dvigatel aylanishlar soni hamda harorat kabi telemetriya maʼlumotlarini ekranga chiqarishni rejalashtirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.