Kianing yangi gibrid krossoveri mana bunday bo‘ladi


Kutilayotgan yangi krossoverning eskiz tasviri tarqaldi. Bu mashina mavqei jihatdan Soul va Sportage rusumlari o‘rtasida turadi, deb yozmoqda Carzone.uz.
Yangi krossover nomi Niro. 2013 yilda shu nomdagi konsept namoyish etilgan bo‘lib, kelgusi yilda seriyali versiyasi savdoga chiqarilishi kutilmoqda.
Bugungi kunda Kia Niro haqida ba’zi narsalar ma’lum. U gibrid, ya’ni 1,6 litrli, to‘rt silindrli dvigateli va 6 pog‘onali robotlashtirilgan transmissiyali elektromotori bor, akkumulyatorlarining umumiy sig‘imi 1,56 kVt∙soat.
Konseptdan farqli holda seriyali ishlab chiqariladigan Kia Nironing kuzovi uch eshikli emas besh eshiklidir. Krossover uzunligi 4,35 metrdan oshmaydi. Kia Niro narxi xususida, hozircha, so‘z ochilmadi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













