Messi Saudiya Arabistonining yuziga aylanadi

Messi Saudiya Arabistonining yuziga aylanadi
PSJ hujumchisi Lionel Messi Saudiya Arabistoni elchisi bo‘ladi. Kecha u bir qator tadbirlarda ishtirok etish uchun Saudiyaga uchib ketgan.

Saudiya Arabistoni turizm vaziri Ahmad Al-Xatib futbolchining kelishiga shunday izoh berdi: \"Men Lionel Messini yurtimizda kutib olganimdan xursandman. Qizil dengiz xazinalari bilan tanishib, Jidda shahriga tashrif buyurib, qadimiy tariximiz bilan tanishishingizdan mamnunmiz\".

Jidda mavsumi maydan iyungacha Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan sayyohlik festivali hisoblanadi. Ushbu festival davomida respublika bo‘ylab 2800ga yaqin tadbir o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz. 2021 yilning yanvarida Krishtianu Ronaldu Saudiya reklama kompaniyasida ishtirok etishdan bosh tortgani haqida xabarlar chiqqandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.