Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)

Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Urushning to‘qson birinchi kunida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov rus qo‘shinlari Lisichanskga kirishga muvaffaq bo‘lganini aytdi.

Lugansk viloyati ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa hududining atigi 5 foizi Ukraina nazoratida qolmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyaliklar uchun viza rejimini joriy etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi (Rossiya va Ukraina o‘rtasida vizasiz rejim amal qilib kelayotgan edi).

Rossiyaparast kuchlar nazoratidagi Zaporoje viloyatida aholiga Rossiya pasportlarini berishni boshlash kutilmoqda. Vladimir Putin esa urush boshlanganidan beri birinchi marta yarador rus harbiylarini ko‘rish uchun kasalxonaga tashrif buyurdi.

Meduza 25 may suratlarini jamladi.

Donbass shimoli
Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Rossiyaparast askarlar Ukraina qurolli kuchlarining Svetlodarsk shahri (Donetsk viloyati) yaqinidagi sobiq jangovar pozitsiyasida. Rossiya qo‘shinlari 24 may kuni ertalab Svetlodarskni egallab oldi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, 10 mingga yaqin odam okkupatsiya ostida qolgan.
Foto: Reuters

Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Svetlodarskdagi rossiyaparast harbiylar.
Foto: Reuters

Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Pokrovsk temir yo‘l stansiyasiga qilingan raketa hujumining izi. Evakuatsiya poyezdlari shahardan Ukraina g‘arbiga yo‘l olmoqda.
Foto: Reuters

Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Kramatorskda raketa hujumi oqibatida vayron bo‘lgan bino oldida o‘tirgan bola. Shahar meri Aleksandr Goncharenkoning so‘zlariga ko‘ra, 25 may kuni rus qo‘shinlari uyqudagi aholi punkti va xususiy sektorni o‘qqa tutgan.
Foto: AFP

Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Pokrovskka qilingan hujumda yaralangan tinch aholi vakili. 25 may kuni shaharga ikkita raketa hujumi uyushtirildi. Dontesk harbiy boshqarmasi boshlig‘i Pavel Kirilenkoning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt nafar tinch fuqaro jarohatlangan.
Foto: AP Photo

Xarkov viloyati
Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Xarkov yaqinidagi qishloqda artilleriya o‘qlaridan yashirinishga urinayotgan ayol.
Foto: AFP

Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Olxovkadagi qabriston. Qishloq urush boshida rus harbiylari tomonidan bosib olingan va aprel oyida ozod qilingan. Urush boshlanganidan beri Xarkov viloyatida jami 700 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi, dedi viloyat politsiyasi tergov boshqarmasi boshlig‘i Sergey Bolvinov.
Foto: Reuters

Kiyev viloyati
Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Pirotexniklar Kiyevdagi botanika bog‘i hududini ko‘zdan kechirmoqda. Hozir shaharda jangovar harakatlar olib borilgan yoki snaryadlar tushgan hududlarni minalardan tozalash ishlari ketmoqda.
Foto: «KMDA»

Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Xarkovdagi janglarda halok bo‘lgan ukrainalik harbiylarning dafn marosimi. Kiyev
Foto: Reuters

Urushning 91-kuni: Donbassda yana bir shahar bosib olindi. Kiyev minalardan tozalanmoqda (foto)
Buchada uyining derazalarini yuvayotgan ayol. Bosqindan ozod bo‘lgach, shahar normal hayotga qaytmoqda.
Foto: AP Photo
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.