Zelenskiy Donbassdagi front chizigʻiga bordi (foto, video)

Zelenskiy Donbassdagi front chizigʻiga bordi (foto, video)
Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining Zaporoje va Donbassdagi pozitsiyalarida boʻldi. 6 iyunga oʻtar kechasi Ukraina prezidenti telegram-kanalida safar davomida olingan suratlar va prezidentning safar yakunlari boʻyicha videomurojaati joylangan.

Front chizigʻida Zelenskiy harbiylar bilan gaplashgan, operativ vaziyat boʻyicha hisobotlarni tinglagan, shuningdek davlat mukofotlarini topshirgan.
Zelenskiy Donbassdagi front chizigʻiga bordi (foto, video)
Zelenskiy Donbassdagi front chizigʻiga bordi (foto, video)
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Foto: president.gov.ua
Zaporojeda esa xavfli hududlardan koʻchirib keltirilgan oilalar bilan uchrashgan.
Zelenskiy Donbassdagi front chizigʻiga bordi (foto, video)
«Lisichansk va Soledarda boʻldim. Uchrashgan, qoʻl siqib koʻrishgan, gaplashgan odamlarimning har biri bilan faxrlanaman. Harbiylarga nimalardir olib keldim. Bu haqda batafsil gapirmayman. Ulardan esa sizlarga nimalardir olib qaytdim. Bu muhim. Ishonch keltirdim. Va kuch ham. Ukrainaga shon-sharaflar!» — degan Zelenskiy.

Lisichansk ayni vaqtda bir qismi rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan Severodonetsk shahriga yondosh joylashgan.

Soledar — rossiyalik harbiylar tahdid solib turgan Baxmutdan shimolda, Severodonetsk va Lisichanskni Ukrainaning asosiy hududi bilan bogʻlovchi trassa boʻyida joylashgan.

Zaporoje oblastining bir qismi rossiyalik harbiylar nazoratida qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.