Bolgariya bosh vaziri 70 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini aytdi

Bolgariya bosh vaziri 70 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini aytdi
Foto: topnovini.bg
Bolgariya bosh vaziri Kiril Petkov 70 nafar rossiyalik diplomat 3 iyul kuni mamlakatdan chiqarib yuborilishini aytdi.

\"Biz 70 o‘rinli samolyot yakshanba kuni Moskvaga uchib ketishini kutyapmiz\", - dedi Petkov.

Petkov avvalroq diplomatik faoliyat niqobi ostida maxsus xizmatlar uchun ishlagan rossiyaliklar mamlakatdan chiqarib yuborilishini aytgandi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Moskva bunga \"tegishli javob\" qaytarishini bildirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.