«Tolibon» Termizga raketa otganlar qo‘lga olinganini e’lon qildi

«Tolibon» Termizga raketa otganlar qo‘lga olinganini e’lon qildi
Afg‘onistondan O‘zbekistonga raketa hujumlarini uyushtirgan guruh qo‘lga olingan. Bu haqda Afg‘onistonning rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, jinoiy guruhning 3 nafar a’zosi o‘ldirilgan, 5 nafari hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 iyul kuni Termiz shahriga Afg‘oniston hududidan snaryadlar kelib tushgandi. Zabihulloh Mujohid hodisa yuzasidan bayonot berib aybdorlar qidirilayotganini aytgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.