General-mayor tergov izolatorida o‘lik holda topildi

General-mayor tergov izolatorida o‘lik holda topildi
Qozog‘istonda general-mayor Jaylaubek Xaliquli Olmaotadagi tergov izolatorida o‘lik holda topildi.

Qorovul nazoratchisi hibsga olingan Jaylaubek Xaliqulini soat 07:00 atrofida hushsiz holda topgan. Muassasa navbatchisi zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi. Biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Tez yordam mashinasi mexanik asfiksiya natijasida o‘limni aniqladi.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi, prokuratura vakillari va viloyat IIB rahbariyati yetib kelgan. Boshqa mahbuslar bilan suhbat o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida unga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgani aniqlanmadi.

Ayni paytda viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi belgilandi. Uning natijalariga ko‘ra amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.

Xoliquli 23 may kuni qo‘lga olingan edi. U jinoyat ishini tugatish maqsadida bir fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan pul va mol-mulk olganlikda gumon qilingan.

Xaliquli Olmaota va Oqmo‘la viloyatlari ichki ishlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.