Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Ja'farobod okrugidagi (Belujiston) suv ostida qolgan qishloq aholisi vakili oʻz buyumlarini qoʻlda yasalgan sol orqali olib ketmoqda. Pokiston hukumati suv toshqinlari 33 million kishining hayotiga ta'sir koʻrsatganini xabar qilgan — bu mamlakat aholisining 15 foizi.
Zahid Hussain / AP / Scanpix / LETA

Pokiston hukumati 26 avgust kuni toʻxtamayotgan musson yomgʻirlari natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli favqulodda holat rejimi joriy etdi. Avgust oyida Sind viloyatida oʻrtacha koʻrsatkichdan 780 foiz koʻproq yogʻingarchilik yogʻgan, Belujistonda esa bu koʻrsatkich — qariyb 500 foizga teng. Suv toshqinlari 937 kishi umriga zomin boʻlgan; yuz minglab uylar vayron boʻlgan.

Hukumat baholariga koʻra, tabiiy ofat u yoki bu darajada 33 million kishi yoki mamlakat aholisining 15 foizining hayotiga ta'sir koʻrsatgan. Bosh vazir Shahboz Sharif xalqaro hamjamiyatdan yordam soʻragan va qutqaruvchilar odamlar evakuatsiya qilinishini kutayotgan koʻplab hududlarga etib bora olmayotganini tan olgan. Hukumatdagilar sodir boʻlayotgan voqealarni iqlim oʻzgarishlari bilan bogʻlagan va bu mamlakat tarixidagi eng kuchli suv toshqinlari ekanini ma'lum qilgan.
Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Suv ostida qolgan uylaridan yaroqli buyumlarini izlayotgan odamlar. Ja'farobod okrugi
Fida Hussian / AFP /Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Radjanpur (Panjob viloyati) okrugidagi qishloq aholisi suv ostida qolgan hudud boʻylab harakatlanishda qoʻlbola soldan foydalanmoqda. Qutqaruvchilar hamon odamlar evakuatsiya kutayotgan koʻplab hududlarga etib bora olmayapti.
Shahid Saeed Mirza / AFP / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Tabiiy ofat hududidan oʻz buyumlarini (jumladan moped va toʻtiqush solingan qafas) olib chiqayotgan oila.
Shahid Saeed Mirza / AFP / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Charsadda okrugida (Xayber-Paxtunxva viloyati) suv toshqinlari ostida qolgan qishloq. Uzoqda hali suv ostida qolmagan yoʻl koʻrinadi — aynan yuqoriroq qilib koʻtarib qurilgan yoʻllar mamlakatda koʻpchilikning hayotini saqlab qoldi.
Abdul Majeed / AFP / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Arqondan mahkam ushlab olgan bola oqimni engib oʻtmoqda. Fotosurat Charsadda okrugida (Xayber-Paxtunxva viloyati) olingan.
Arshad Arbab / EPA / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Charsadda okrugida oqimga qarshi suzishga urinayotgan yigit
Fayaz Aziz / Reuters / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Milliondan ortiq kishi istiqomat qiladigan Haydarobod shahri aholisi shahar koʻchasida paydo boʻlgan kanalni solda kechib oʻtmoqda. Iyun oyidan buyon mamlakatda suv toshqinlari oqibatida kamida 937 kishi halok boʻlgan.
Akram Shahid / AFP / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Suv ostida qolgan dala maydonida echki orqalab ketayotgan kishi. Sind viloyati, Navshahro-Firuz okrugi
Asif Hassan / AFP / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Suv ostiga qolgan hudud boʻylab oʻtayotgan haydarobodliklar
Nadeem Khavar / EPA / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Yoqubobodlik yigit suvga toʻlgan koʻchada plastik bochkaga tushib suzib ketmoqda
Asif Hassan / AFP / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Yoqubobod shahrida toshqindan qolgan loy yoʻl oralab oʻtayotgan ayol koʻzada suv tashimoqda
Asif Hassan / AFP / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Suv toshqinlari tufayli boshpanasini yoʻqotganlar uchun tashkil etilgan lager hududida gulxan yoqib, non pishirayotgan ayol. Sind viloyati, Navshahro-Firuz okrugi
Asif Hassan / AFP / Scanpix / LETA

Pokistonda dahshatli suv toshqinlari (foto)
Pandob viloyati aholisi yordam kutmoqda
Faisal Kareem / EPA / Scanpix / LETA
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.