Bu tangadagi shifrni buzganlar ishga olinadi

Bu tangadagi shifrni buzganlar ishga olinadi
Foto: ABC News
Avstraliyada tashqi razvedka xizmatining kiberxavfsizlik agentligi (Avstraliya signallar boshqarmasi — ASD) 75 yilligi munosabati bilan esdalik tangasi chiqarildi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Tangada turli murakkablikdagi shifrlar aks etgan, ularni buza olganlarni Avstraliya tashqi razvedkasi ishga oladi.
Bu tangadagi shifrni buzganlar ishga olinadi
Foto: ABC News
Bu tangadagi shifrni buzganlar ishga olinadi
Foto: ABC News
ASD bosh direktori Reychel Noublning aytishicha, tanga agentlik a’zolari mehnatini sharaflab, kodlarni buzish evolyutsiyasini ifodalaydi.

«Ikkinchi jahon urushi paytida odamlarimiz: harbiylar, fuqarolar yapon harbiy kodlarini qog‘oz va qalamda yechib, Yaponiya harbiylari qayerdaligini ko‘rsatish uchun ittifoqchi kuchlarga yuborishgan», — dedi Noubl.
Bu tangadagi shifrni buzganlar ishga olinadi
ASD bosh direktori Reychel Noubl va mamlakat zarbxonasi rahbari Li Gordon.
Foto: ABC News

Noublning ta’kidlashicha, tangadagi kodlarni yechishning barcha to‘rt bosqichidan o‘ta olganlar bemalol Avstraliya signallar boshqarmasiga ishga kirish uchun ariza yozishsa bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.