Putinning murojaati 21 sentyabrda, Uzoq Sharq uyg‘onganidan so‘ng namoyish etiladi — Forbes

Putinning murojaati 21 sentyabrda, Uzoq Sharq uyg‘onganidan so‘ng namoyish etiladi — Forbes
Foto: Postimees.ru
Prezident Putin 20 sentyabr kuni rossiyaliklarga murojaat qilishi kutilayotganini yozgandik. Katta ehtimol bilan millionlab odamlar kutgan murojaat 21 sentyabrga ko‘chirildi.

Forbes prezident administratsiyasidagi o‘z manbalariga asoslanib, quyidagi mazmunda xabar tarqatdi: «Putinning yozib olingan murojaati 21 sentyabrda, Uzoq Sharq uyg‘onganidan so‘ng namoyish etiladi».
Putinning murojaati 21 sentyabrda, Uzoq Sharq uyg‘onganidan so‘ng namoyish etiladi — Forbes
Shuningdek, Kremlga yaqin siyosatchi Sergey Markov Putinning efiri ertaga (bizning vaqt bilan bugun — 21 sentyabrga) qoldirilgani haqida xabar bergan.

Rossiyalik targ‘ibotchi Vladimir Solovyov o‘z telegram-kanalida birgina — «ertaga» so‘zini yozib qoldirdi. Yana bir targ‘ibotchi Margarita Simonyan esa «uxlashni» tavsiya qildi.

RT va Birinchi (Perviy) kanal translyatsiya anonslarini o‘chirib tashladi.

Kreml puli jurnalisti Dmitriy Smirnov o‘z telegram-kanalida aniqroq ma’lumot berdi: «Soat sakkizlarda turing».

Jurnalistlarning eng asosiy manba — Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bilan aloqaga chiqishga urinishlari behuda ketdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.