Ukrainada tinch aholi kolonnasi raketa hujumiga uchradi

Ukrainada tinch aholi kolonnasi raketa hujumiga uchradi
Ukrainaning egallab olingan hududiga chiqish-kirish uchun transport vositalari va fuqarolarning to‘planish nuqtasiga raketa zarbalari amalga oshirilgan. Bu yerda o‘z qarindoshlarini kuzatib kelayotgan tinch aholi vakillari bo‘lgani aytilmoqda.

Gumanitar karvon o‘qqa tutilishi natijasida Zaporoje shahridagi shifoxonalarga 62 kishi yetkazildi, ularning ahvoli aniqlanmoqda, deya xabar berdi viloyat politsiyasi.

Ayni vaqtda Ukraina Bosh prokuraturasi 25 kishi halok bo‘lgani va 50 ga yaqin kishi jarohatlangani haqida xabar bergan.

Prezident Vladimir Zelenskiy so‘nggi 24 soat ichida Ukraina shaharlari ommaviy va shafqatsiz o‘qqa tutilayotganini qayd etdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.