Ukraina Rossiya bilan muloqotga tayyor, faqat mamlakatning yangi prezidenti bilan...

Ukraina Rossiya bilan muloqotga tayyor, faqat mamlakatning yangi prezidenti bilan...
Foto: Ukraїnska pravda
Ukraina Rossiya bilan muloqotga tayyor, faqat mamlakatning kelgusi prezidenti bilan, deya bayonot berdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. Bu haqda Ukraina Oliy radasi telegram-kanalida xabar berildi.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina NATOga tezlashtirilgan tartibda a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishini ma’lum qildi.

«De-fakto biz NATOgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdik. De-fakto biz Shimoliy Atlantika alyansi standartlariga muvofiqligimizni isbotladik... Biz bir-birimizga ishonamiz, ko‘maklashyapmiz, himoya qilyamiz...

Buni huquqiy mustahkamlash uchun bugun Ukraina ariza topshiradi... Ukraina NATOga tezlashtirilgan tartibda a’zolikka kirishi uchun biz aniq qadamlarni tashlaymiz
», — dedi Zelenskiy.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.