Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)

Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Rossiya qo‘shinlari 6 oktabr kuni Zaporoje shahriga bir necha bor raketa hujumi uyushtirdi, oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi, 40 ga yaqin uy zarar ko‘rdi. Ayni paytda Ukraina Qurolli kuchlari oktabr oyi boshidan beri Xerson viloyatining 400 kvadrat kilometrdan ortiq hududi ozod qilingani haqida xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallarida 13 nafar rossiyalik harbiy Xersondan Qrimga qurol bilan qochib ketgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, biroq keyinroq Ukraina rasmiylari buni rad etdi. Vladimir Zelenskiy Avstraliyaning Lou institutida videoaloqa orqali nutq so‘zladi.

Ko‘plab ommaviy axborot vositalari (shuningdek, Kreml) uning so‘zlarini NATOni Rossiyaga qarshi oldindan zarba berishga chaqirish sifatida talqin qildi, biroq Ukraina prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy bosqin boshlanishidan oldin profilaktika choralarini ko‘rish kerakligini nazarda tutgan. Meduza urushning 225-kuniga oid asosiy fotosuratlar bilan bo‘lishdi.

Zaporojedagi turar joy binolariga zarba oqibatlari
Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Ukraina o‘t o‘chiruvchilari Zaporojedagi turar joy binosiga berilgan zarba oqibatida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirmoqda. 6 oktabr kuni shaharga raketa hujumi paytida 11 kishi halok bo‘ldi. Yana 21 kishi vayronalar ostidan qutqarib olindi.
Foto: AFP

Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
O‘t o‘chiruvchilar binolardan birining vayronalari ostidan topilgan fuqaro jasadini olib chiqmoqda.
Foto: AFP

Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
O‘t o‘chiruvchilar zarba joyida ishlamoqda.
Foto: AFP

Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Ko‘ngillilar zarbadan omon qolganlarni qidirmoqda.
Foto: AFP


Xarkovdagi neft omboriga kamikadze-dronidan hujum oqibatlari
Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Rossiyaning kamikadze-dronlaridan biri kelib tushgan Xarkov neft bazasidagi bak. Xarkov meri Igor Terexov 6 oktabr kuni shahar o‘qqa tutilgani haqida ma’lum qildi. Qurbonlar yo‘q.
Foto: AFP

Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Politsiya xodimi neft bazasiga urilgan dron qismlarini tekshirmoqda. Ukraina rasmiylarining fikricha, Rossiya Eronda ishlab chiqarilgan Shahed-136 kamikadze-dronlaridan foydalangan.
Foto: Reuters

Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Kamikadze-droni parchasi. Sentyabr oyi o‘rtalarida Ukraina Qurolli kuchlari birinchi marta Eron dronini urib tushirgani haqida xabar bergandi. Rossiya Erondan bunday qurol sotib olganini rad etgan, biroq ukrainalik harbiylar ular topgan dronlar, garchi ularning usti bo‘yalgan bo‘lsa-da, Eron Shahed’lari bilan bir xil ekanini aytmoqda.
Foto: Anadolu


Liman yaqinida ishlayotgan sapyorlar
Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Ukraina Milliy politsiyasining favqulodda minalardan tozalash guruhi xodimi Liman yaqinidagi yo‘l bo‘ylab mina qidirmoqda. Yoz boshida rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan shahar 2 oktabr kuni ozod qilingandi.
Foto: AFP

Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Sapyor Limanda to‘plangan tankka qarshi minalar va portlovchi moddalarni yo‘q qilishga hozirlanmoqda.
Foto: AFP

Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Shahar yaqinidagi o‘rmonda sapyorlar tomonidan topilgan tankka qarshi minalarning portlatilishi.
Foto: AFP


Ukraina qurolli kuchlarining Xarkov viloyatiga qarshi hujumi
Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Aleksandrovka qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonga tushgan rus raketasi. Ukraina harbiylari bu aholi punktiga oktabr oyi boshida kirdi. 4 oktabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ham rus qo‘shinlari Xarkov viloyatini deyarli butunlay tark etganini tan oldi.
Foto: AP Photo

Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Kupyansk yaqinidagi frontda Ukraina harbiylari Rossiya kuchlaridan o‘lja sifatida olingan 152,4 millimetrli «Msta-B» gaubitsasidan o‘q uzmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligining da’vo qilishicha, Kupyansk yo‘nalishida Pershotravnevoye, Kislovka va Berestovoye aholi punktlari hududida rus qo‘shinlari Ukraina Qurolli Kuchlarining hujumini qaytargan.
Foto: EPA

Urushning 225-kuni: Zaporojeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar (foto)
Izyum sharqidagi Oskol qishlog‘i yaqinida yurgan ukrainalik askar. Shahar va uning atrofidagi aholi punktlari 11 sentyabrda ozod qilingan edi.
Foto: AP Photo
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.