Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib beradi

Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib beradi
Eron Rossiyaga qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalar va dronlarni yetkazib beradi, deb xabar bermoqda The Washington Post.

Gap «Fotix-110» va «Zulfiqor» raketalari haqida ketmoqda. Nashrga ko‘ra, ularning uchish masofasi 300 va 700 kilometrni tashkil qiladi.

Eron, shuningdek, ko‘plab dronlarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bunday dronlar allaqachon Rossiya harbiylari tomonidan Ukrainaga qarshi foydalanilmoqda.

Ma’lumo uchun: Eron Ukrainadagi urushda foydalanish uchun Rossiyaga qurol yetkazib berilayotganini rasman rad etib keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.