Amerikaliklar boshqariluvchi yangi yadroviy bomba ishlab chiqishdi

Amerikaliklar boshqariluvchi yangi yadroviy bomba ishlab chiqishdi
Foto: Los Alamos National Laboratory
AQSHda boshqariluvchi yadroviy aviabomba — B61-12 bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazildi. Bu haqda Amerika olimlar federatsiyasi xabar bergan.

Shunday aviabombalardan jami 480 dona ishlab chiqariladi. Ular eskirgan B61 o‘rnini egallaydi. Ushbu bombalar Yevropa va Turkiyadagi oltita aviabazada joylashtirilgan edi.
Amerikaliklar boshqariluvchi yangi yadroviy bomba ishlab chiqishdi
Ta’kidlanishicha, B61-12 xuddi oldingisi kabi kuchga ega. Afzalligi — dum qismidagi qanotlari, ular bombani boshqarishni osonlashtirib, nishonga aniqroq uradi. Shu qanotlar tufayli bombani parashyutda tashlashga ehtiyoj qolmaydi, juda balandlikdagi samolyotdan tashlansa kifoya. Qolaversa, zaruratga qarab, bombani kerakli nishonga yo‘naltirish mumkin.

Yangi yadro aviabombalarini F-15E, F-16 va Tornado taktik qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari olib ucha oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.