Germaniyada namoyishda ishtirok etgan 500 kishi hibs qilindi

Germaniyada namoyishda ishtirok etgan 500 kishi hibs qilindi
Germaniyada namoyishda ishtirok etgan 500 kishi hibs qilindi

Germaniyada polisiyachilar va namoyishchilar ishtirokida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tganidan keyin, 500 kishi hibsga olindi. Bu haqda CNN xabar tarqatdi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Qayd etilishicha, Germaniyadagi ultra o‘nglar partiyasi Shtutgartda konferensiya o‘tkazgan. Namoyish ishtirokchilari konferensiya o‘tayotgan binoga kirish joyini to‘sib qo‘yishgan.

Namoyishchilar voqea hududiga etib kelgan polisiyachilarga mash’alalar uloqtirishgan.

2015 yilning noyabrida Vaynxaym shahrida ham shu partiya a’zolari tartibsizliklar keltirib chiqarishgan, o‘shanda namoyishlarda 1,5 mingdan ortiq kishi ishtirok etgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.