Melitopoldagi mahalliy telekompaniya binosi yonida portlash yuz berdi. Yaradorlar bor (video)

Melitopoldagi mahalliy telekompaniya binosi yonida portlash yuz berdi. Yaradorlar bor (video)
Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Zaporoje viloyatining Melitopol shahrida 25 oktabr kuni ertalab «ZaTV» telekompaniyasi binosi yonida portlash yuz berdi.

Zaporoje viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati vakillari «RIA Novosti»ga ma’lum qilishicha, qo‘lbola portlovchi qurilma portlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bomba mashinaga o‘rnatilgan bo‘lgan.

Telekompaniya binosining oynalari singan, jihozlari shikastlangan. Rossiya Mudofaa vazirligining «Zvezda» kanali xabariga ko‘ra, portlash oqibatida kamida besh kishi jarohatlangan.

Melitopol — Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Zaporoje viloyatidagi shahar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.