Saxalinda 5 qavatli uy portlab, qulab tushishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi (video)

Saxalinda 5 qavatli uy portlab, qulab tushishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi (video)
Rossiyaning Saxalin orolida besh qavatli turar joy binosi portlab ketishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, ularning uch nafari bolalardir. Bu haqda viloyat gubernatori Valeriy Limarenko ma’lum qildi. Yana uch kishini qidirish davom etmoqda.

Hodisa 19 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 13:05 da (Toshkent vaqti bilan 7:05) Saxalin viloyatining Timovskoye qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xonadonlardan birida gaz balloni portlab ketgan. Rossiya Tergov qo‘mitasining mahalliy boshqarmasi uy qulab tushishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Uyning vayron bo‘lgan pod’ezdida jami 33 kishi yashagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.