Erevanda Rossiyani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan aktsiya boʻlib oʻtdi

Erevanda Rossiyani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan aktsiya boʻlib oʻtdi
Erevanda Rossiya va Armaniston-Rossiya munosabatlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan aktsiya boʻlib oʻtdi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Rossiya elchixonasi oldidagi tadbirni Armaniston Kommunistik partiyasi, Vatanparvarlar ittifoqi va Faxriylar ittifoqi tashkillashtirgan. Aktsiyada qatnashganlar “Abadiy Rossiya bilan”, “Rossiyaga qarshi provokatsiyalarga yoʻq deymiz!”, “Hamisha Rossiya bilan birga!” deb yozilgan plakatlarni koʻtarib olishgandi.

Armaniston Kommunistik partiyasi etakchisi Erdjanik Kazaryan aktsiya chogʻida toʻplanganlar AQShdan ham yoshi katta boʻlgan Armaniston va Rossiya xalqlari doʻstligini qoʻllash uchun kelishganini ma'lum qildi.

U soʻnggi paytlarda Rossiyaga qarshi kayfiyat faollashgani va tegishli propaganda ishlari olib borilayotganini ta'kidladi.
Biz barcha sohalarda – iqtisodiy, harbiy-siyosiy va boshqa – Armaniston-Rossiya munosabatlarini chuqurlashtirish tarafdorimiz”, - dedi Kazaryan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.