Rossiyada MiG-31 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

Rossiyada MiG-31 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Rossiyaning Primorsk o‘lkasida MiG-31 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi, deb yozmoqda «TASS».

«2 dekabr kuni Primorsk o‘lkasida rejalashtirilgan o‘quv parvozi chog‘ida MiG-31 samolyoti halokatga uchradi. Ekipaj parashyutdan sakrashga ulgurdi», deyiladi Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.

Voqea joyiga qidiruv-qutqaruv xizmatining Mi-8 vertolyotlari yuborilgan.

«Parvoz o‘q-dorilarsiz amalga oshirilgan. Samolyot kimsasiz joyga qulagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqeaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 17 oktabr kuni Krasnodar o‘lkasining Yeysk shahrida ham harbiy samolyot turarjoy binosiga qulagandi. Natijada 13 kishi halok bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.