Yaponiyada yo‘lovchi poezdi o‘z yo‘lidan chiqib ketdi


2016 yil 18 may kuni Yaponiyaning Itabasi tumanida yo‘lovchi poezdi o‘z relsidan chiqib ketdi. Mahalliy huquq-tartibot idoralari xabariga ko‘ra, falokat oqibatida hech kim jabrlanmagan, deyiladi \"Kun\" nashrida.
“Tobudze” temir yo‘lidagi har ikkala harakat ham to‘xtatilgan. Ayni damda vagonlarning relsdan chiqib ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan. Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda. Poezddagi barcha yo‘lovchilarni evakuasiya qilishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













