Hindistonda dunyodagi “eng og‘ir” qizaloq tug‘ildi

Hindistonda dunyodagi “eng og‘ir” qizaloq tug‘ildi
Hindistonda dunyodagi “eng og‘ir” qizaloq tug‘ildi

Hindiston janubida dunyodagi “eng og‘ir” qizaloq dunyoga keldi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning vazni 6,8 kilogrammni tashkil etdi. Nashrning yozishicha, odatda olti oylik chaqaloqlar mana shunday vaznga ega bo‘ladi.

Qizaloqning onasi uni kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirgan.

19 yoshli Nandinining o‘zi ham birinchi farzandi bu darajada katta vaznda tug‘ilishini xayoliga ham keltirmagan edi. Taxminlarga ko‘ra, hindistonlik “polvon” qizaloq dunyo rekordini o‘rnatadi. 2014 yilda AQShda ham og‘ir vaznga ega chaqaloq dunyoga kelgan edi. Uning vazni 6,5 kilogramni tashkil etib, bu rekord ko‘rsatkich sifatida baholangan edi.

Hozirda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi kutilayotgan bu qizaloq shifokorlar nazorati ostida. “U rostan ham juda katta va chiroyli”,—deydi ginekolog Purnima Manu.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.